Endilikda gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin
Illyustrativ foto
Joriy yilning 9-iyun kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.
Shuningdek, shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi koʻzda tutildi.
“Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, sudyalarning muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi belgilandi.
Bundan tashqari, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini toʻxtatib turishga, boshqa lavozimga oʻtkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʻra yoʻl qoʻyilishi koʻrsatildi.
Taʼkidlash joiz, mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring