Endilikda ayrim magistrlar oʻqish xarajatlarini oʻzi qoplaydi
2025-yil davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun ijrosini taʼminlash maqsadida Prezident qarori bilan davlat oliy taʼlim muassasalari (OTM) magistraturasiga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga kirgan talabalar uchun taʼlim krediti ajratilishiga oid yangi cheklovlar joriy etildi.
Hukumatning 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3-bandining 4-xatboshisiga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiq, endilikda:
Davlat OTM magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi.
Ushbu cheklov tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan boshqa bir martalik toʻlovlarga ham tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 527-son qarorida taʼlim kreditlarini ajratish tartiblariga oid nizom tasdiqlangan boʻlib, unda “super kontrakt” asosida oʻqishga kirgan talabalar uchun taʼlim krediti berilmasligi belgilangan edi.
Mazkur qaror taʼlim tizimidagi moliyaviy intizomni mustahkamlash va taʼlim kreditlari boʻyicha mavjud mexanizmlarni samarali boshqarishga qaratilgan.
Kelgusida barcha abituriyentlar va talabalarga moliyaviy rejalarini puxta oʻylab tuzish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring