Endi O‘zbekiston va Xitoy bir-birining vakolatli iqtisodiy operatorlarini o‘zaro tan oladi
Qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli imtiyoz, yengillik va qulayliklarni taqdim etadi.
Bu boradagi kelishuv 2023 yil 18 mayda imzolangan bo‘lib, 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Ma’lumki, joriy yilning 18-19 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Bojxona qo‘mitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Bojxona Bosh Administrasiyasi o‘rtasida Vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturini o‘zaro tan olish to‘g‘risida Kelishuv imzolangan edi.
Kelishuv doirasida tomonlar bir-birlariga o‘z vakolatli iqtisodiy operatorlari bo‘yicha yangiliklarni va vakolatli iqtisodiy operatorlar ro‘yxatini o‘z vaqtida taqdim etishadi.
Ro‘yxat vakolat iqtisodiy operatorning nomi, kodi, manzili va tasdiqdangan sanasiga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur kelishuv vakolatli iqtisodiy operatorlarning import tovarlari uchun minimal darajadagi tekshiruvni nazarda tutadi.
Ishtirokchilar o‘zaro maslahatlashuv va yozma rozilik orqali imtiyozlarni uzaytirishi yoki yangilashi mumkin.
Kelishuv 2023 yil 18 mayda imzolangan bo‘lib, imzolanganidan keyin 6 oy ichida kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring