Endi nuroniylarning oʻz avtobusi bor

Sirdaryo viloyati hokimligining zaxira mablagʻi hisobidan respublika “Nuroniy” jamgʻarmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi “Yutong” rusumli yangi avtobus bilan taʼminlandi. Ushbu avtobus uzoq safarlar uchun zarur barcha qulaylikka ega boʻlib, metan gazga moslashtirilgan va bir yonilgʻi zaxirasi 700 kilometrga yetadi.
Yangi avtobusning ilk sayohat yoʻnalishi Nurotadagi “Chashma” ziyoratgohiga boʻldi. Unda har bir shahar-tumandan toʻrt nafardan nuroniy qatnashdi. Maʼlum qilinishicha, bu avtobusdan har bir tuman-shahar nuroniylari maxsus jadval asosida navbat bilan foydalanishi ham yoʻlga qoʻyiladi. Faqat mamlakatimizgagina emas, qoʻshni davlatlarga ham sayohatlar tashkil etiladi.
— “Nuroniy” jamgʻarmasining Sirdaryo viloyati boʻlimiga sayohat avtobusi olib berilgani juda xayrli ish boʻldi, — deydi mehnat faxriysi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Suyun Nomozov. — Endi ushbu transport vositasi tufayli otaxon va onaxonlar ishtirokidagi sayohatlar yanada koʻpayadi. Natijada bunday qiziqarli safarlarda har yili yuzlab nuroniylarning ishtirok etishi taʼminlanadi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring