Elektron-skoring tizimi ishga tushiriladi
“Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–17-son, 04.02.2026-y.) qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra, 2026-yil 1-sentyabrdan davlat xaridlari maxsus axborot portalida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda baholash imkonini beruvchi elektron-skoring tizimi ishga tushiriladi.
Bunda elektron-skoring tizimi vositasida ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi “yuqori”, “oʻrta”, “past” va “eng past” ishonchlilik darajalari beriladi.
Yuqoridagilar asosida quyidagi ragʻbatlantirish choralari koʻrilishi belgilangan:
- “yuqori” ishonchlilik darajasiga ega ishtirokchilar uchun zakalat toʻlash talab etilmaydi;
- eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qoʻshimcha ball beriladi;
- davlat xaridlari sohasida “eng faol tadbirkor” tanlovida davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “yuqori” boʻlgan davlat xaridlari ishtirokchilarining nomzodlari qoʻllab-quvvatlanadi.
Shuningdek, davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “past” va “eng past” boʻlgan ishtirokchilarning:
- xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishiga ruxsat etiladigan davlat xaridlarining yuqori qiymatiga nisbatan meʼyorlar belgilanadi;
- bepul onlayn oʻquv kurslari orqali malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring