Elektr va gaz taʼminotidagi uzilishlardan toʻliq xabardormiz va xavotirdamiz — Energetika vazirligi
Soʻnggi kunlarda aholi orasida elektr energiyasi va gaz taʼminoti bilan bogʻliq noroziliklar ortib bormoqda. Shu sababdan Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova aholiga murojaat bilan chiqdi.
"Kuz-qish davrida, ayniqsa, shu kunlarda havo haroratining keskin pasayishi davrida biz uchun asosiy vazifa – bu xonadoningiz, shuningdek, shifoxonalar, bolalar bogʻchalari, maktablar kabi barchamiz uchun ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda issiqlik va yorugʻlik boʻlishi uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrish hisoblanadi.
Shuni ishontirib aytamizki, elektr taʼminotidagi uzilishlar yoki gaz taʼminoti bilan bogʻliq holatlar toʻgʻrisida toʻliq xabardormiz va bu vaziyatdan qattiq xavotirdamiz. Ana shunday vaziyatlarda taʼmirlash guruhlari hamda jalb qilingan mutaxassislar zudlik bilan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni olib bormoqdalar. Vaziyatni toʻliq monitoring qilib, doimiy ravishda nazoratga olib bormoqdamiz", deydi Elmira Bekmurodova.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Elektr taʼminotidagi uzilishlarning asosiy sabablari nimada ekanligi haqida mutasaddilar javoblarini eʼlon qilgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring