Ekoqoʻmita tizimida davlat byudjetining 87,3 mlrd soʻm mablagʻlari noqonuniy sarflab yuborilgani aniqlandi
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlarda nazorat tadbirlari oʻtkazdi.
Unga koʻra, qoʻmita va uning tizimidagi byudjet tashkilotlari hamda hududiy “Toza hudud” DUKlarida byudjetdan ajratilgan va byudjetdan tashqari mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 87,3 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi va uning tizimidagi byudjet tashkilotlarida xodimlarga ish haqi, mehnat taʼtili, moddiy yordam va mukofot pullarini hisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilishi oqibatida 9,4 mlrd soʻm miqdoridagi byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari noqonuniy sarflab yuborilgan.
Bundan tashqari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi tizimidagi hududiy “Toza hudud” DUKlarga ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar maqsadli sarflanishida, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlashda, maxsus texnikalar va chiqindi konteynerlarini xarid qilishda hamda chiqindi poligonlari qurilishida 77,9 mlrd soʻmlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, hududiy “Toza hudud” DUKlarida maxsus transport vositalaridan maqsadli foydalanilishida va yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini sarflash meʼyorlariga amal qilinmagani natijasida 44,2 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar asossiz ravishda ortiqcha sarflangan.
Shuningdek, Buvayda tuman hokimining qarori bilan 2020-yilda poligon uchun ajratilgan hududda 470 mln soʻmga qurib bitkazilgan avtogaraj mazkur yilning noyabr oyida asossiz buzib tashlanib, byudjet mablagʻlari samarasiz sarflanishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hududiy “Toza hudud” DUKlar tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilmasdan 11,3 mlrd soʻmlik shartnomalar tuzilgan va xaridlar amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring