Durdona qoʻshiqlar kuychisi

13:40 06 Yanvar 2025 Jamiyat
263 0

Nurafshon shahridagi maqom zalida Oʻzbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov xotirasiga bagʻishlangan musiqiy kecha boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston xalq hofizi, taniqli sanʼat arbobi Faxriddin Umarov oʻzbek milliy musiqa sanʼatiga lirik qoʻshiqchilik yoʻnalishini olib kirgan sanʼatkor sifatida eʼzozlanadi. Uning ijrosidagi diltortar ashulalar xalqimiz koʻngil mulkiga, milliy qoʻshiqchilik sanʼatimizning durdonalariga aylangan.

Nurafshon shahridagi amfiteatr majmuasining maqom zalida oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar, avvalo, sanʼatkorning oʻzbek milliy qoʻshiqchiligida lirik maktabi yaratgani va bu yoʻlda koʻplab shogirdlar yetishtirganini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, “Oltin fond”dan oʻrin olgan hofizning kuy-qoʻshiqlari shogirdlari tomonidan kuylandi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida tugʻilib, ijod qilgan Faxriddin Umarovning ijodiy merosini yosh avlodga singdirish maqsadida hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?