Dunyodagi eng mashhur sanʼat asari sunʼiy intellekt yordamida oʻzgartirildi
Foto: Illustrativ surat
Leonardo da Vinchi moʻyqalamiga mansub butun dunyoga mashhur “Mona Liza” surati besh asrdan koʻproq vaqtdan beri oʻz yaratilish tarixini sir saqlab kelmoqda.
Rassom suratni hatto safar-sayohatlari paytida ham undan ajralmagan holda 15 yil mobaynida chizgan.
“Midjourney” kompaniyasi “Jakonda” boshqa mintaqalarda hayot kechirganida, asar qanchalik oʻzgacha boʻlishi mumkinligi ustida sunʼiy intellekt yordamida tajribalar oʻtkazdi.
“Mona Liza” surati 1503-1506-yillar oraligʻida chizilgan.
Tarixda taniqli italyan rassomi Jorjo Vazari suratda florensiyalik ipak savdogarining rafiqasi “Liza del Jakonda” tasvirlanganligi haqida gapirib oʻtgan, ammo hanuzgacha uning kim ekanligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq.
Hozirgi kunda surat Parijdagi Luvr muzeyining mashhur asarlar qatoriga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring