“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

14:45 20 Aprel 2025 Jamiyat
307 0

Farg‘ona viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari, ish beruvchi korxona va muassasalar mas’ullari ishtirokida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig‘i To‘ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

“Dual ta’limda Germaniya tajribasi”, “Dual ta’limni tashkil etishda korxonalarning o‘rni”, “Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta’lim muassasalari integratsiyasi”, “Farg‘ona viloyatida dual ta’limni tashkil etish imkoniyatlari” kabi mavzulardagi chiqishlar qizg‘in savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Ish beruvchi korxonalar hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar, tashabbus va loyihalar ilgari surildi. Tizimda yuz ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?