“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni taʼsis etildi
Foto: Illustrativ foto
Hukumat qarori (495-son, 25.09.2023-y.) bilan “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Koʻkrak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.
Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham koʻkrak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
— nomzod haqida maʼlumotnoma;
— nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
— nomzodning soʻnggi 3 yil davomida diniy-maʼrifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini taʼminlash, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.
Koʻkrak nishoni har yili 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring