Deputatlar innovatsion rivojlanish vazirining javobini qanday baholashdi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Yoshlar texnoparklarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida»gi masala yuzasidan yuborilgan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonovning javobini koʻrib chiqdi.
Parlament soʻroviga javobda qayd etilganidek, hududlarda Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2019-yilda respublikamizning barcha hududlaridan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etilgan. Hozirgi kunda uning aʼzolari soni 2600 nafarga yetdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi «Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida»gi qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” tashkil etildi.
Yoshlar akademiyasi 4 ta platformasi (“Gʻoyalar generatori”, “Startaplar”, “Biznes vakillari” va “Boʻlajak akademiklar”) aʼzolari geologiya, biologiya, qishloq xoʻjaligi, kimyo sanoat, sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, dasturlash, sanoat dizayni va 3 D modellashtirish sohalarida oʻz loyihalarini amalga oshirmoqda.
Akademiya tomonidan “Akfa group«ning texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalar, shuningdek, sunʼiy intellekt sohasi boʻyicha muammoning yechimiga qaratilgan sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim, sanoat va ijtimoiy yoʻnalishlardagi “Urban.Tech Uzbekistan” hakaton musobaqasi tashkil etildi. Tanlov komissiya tomonidan eng yuqori baholangan loyihalar mualliflariga 37,5 mln soʻm miqdorida mukofot, esdalik sovgʻalari va sertifikatlar, loyihalarni yanada rivojlantirishlari uchun “Boʻlajak olim” tanlovida ishtirok etishga yoʻllanmalar taqdim etildi.
Ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha Yoshlar akademiyasi “Shinsedae” yoshlar markazi va “Yaran Consulting” kompaniyasi bilan hamkorlikda “2020-yilgi 20 ta eng yaxshi startap” loyihalar tanlovi gʻoliblari uchun startap loyihalar akseleratsiya dasturi tashkil etildi.
Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada kengaytirish hamda hududlarda iqtidorli yoshlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda musobaqalar, tanlovlar va boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda.
Vazirning parlament soʻroviga javobiga koʻra, hududlardagi iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda 2021-yilda uch bosqichli “Uchinchi renessans - yoshlar nigohida” respublika tanlovi tashkil etilib, 3 ta yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi loyiha egalari 50 mln soʻm grant pullari bilan taqdirlangan.
Shu bilan birga, yoshlarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida respublika hududlarida Yoshlar texnoparklari hamda boshqa qator innovatsion infratuzilmalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilmoqda.
Eʼtiborli jihati, yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish, kasb-hunarga oʻrgatish, ishlab chiqarilgan mahsulotni bozorga olib chiqishga koʻmaklashish maqsadida Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator tashkil etildi. Bugungi kunga kelib, Biznes-akseleratorda jami 431 nafar yoshlarga ilmiy texnologiyalarda kasb-hunar va chet tillarini oʻrgatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatildi.
2019-2021-yillar davomida 104 ta startap loyihalari moliyalashtirilgan. Amalga oshirilgan loyihalar natijasida 959 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Majlisda Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abduraxmonovning javobi maʼlumot uchun qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring