Deputat “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi ayolga tikuv mashinasi sovgʻa qildi
Muammoning katta-kichigi boʻlmaydi, har biri ortida inson manfaati turadi. Agar odamlarni oʻylantirib kelayotgan masalalar joyida hal etilsa, ularda oldinga intilish, harakat boʻladi, hayotdan mamnun yashaydi.
Boshqacha aytganda, har bir kunidan xursand, baxtli odamlargina dunyoni yangilashga, oʻzgartirishga qodir boʻladi. Bu — inkor qilib boʻlmas haqiqat.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, joylardagi muammolarni oʻrganish va ularning yechimini topish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilayotir.
Ayniqsa, xalq vakili boʻlgan deputatlarning mahallama-mahalla, xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan ochiq muloqotlarga kirishayotgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Islom Xushvaqtov Yangi – 2022-yilning ilk kunini saylovchilar bilan muloqot qilishdan boshladi.
Sir emaski, aholi muammolarini aniqlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga har tomonlama koʻmak berish, ularga har tomonlama, manzilli koʻmak koʻrsatish maqsadida yirik ijtimoiy dasturlar - “Temir daftar” va “Ayollar daftari” tizimi yaratilgan edi. Xalq vakili hududdagi uchrashuvlari davomida Chiroqchi tumani “Choshtepa” mahallasida yashovchi X.Bozorova xonadonida boʻlib, uning yashash sharoitini oʻrgandi.
Ochiq va samimiy muloqotlar davomida xonadon sohibasi tikish-bichishdan xabardor ekanligini, lekin tikuv mashinasini sotib olishga imkoniyati yoʻqligini bildirdi. Deputat bu masalani oʻz nazoratiga olib, X.Bozorovaga shu kunning oʻzida tikuv mashinasi sovgʻa qildi.
–Joylarda oʻtkazilayotgan yuzma-yuz muloqot va suhbatlar natijasida inson manfaatlarining roʻyobga chiqarilishi aholining ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlaydi, kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshadi, – deydi deputat I.Xushvaqtov. – Shu nuqtayi nazardan bayram arafasida ham saylovchilar bilan muloqot qilib, ularning dardu tashvishlari bilan qiziqdik. Eng muhimi, koʻplab masalalarning yechimini topishga muvaffaq boʻldik.
Darvoqe, deputat tashabbusi bilan tikuvchilik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan ayolga tuman markazining aholi gavjum joylaridan ijara asosida joy qilib beriladigan boʻldi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring