Dekabr oyidan boshlab Fargʻona — Quvayt yoʻnalishida aviaqatnov yoʻlga qoʻyiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona viloyati hokimligida Quvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi vakillari bilan yuzma–yuz muloqot tashkil etildi.
Samimiy suhbat davomida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yaqin istiqbolda “Fargʻona” xalqaro aeroportini davlat – xususiy sheriklik tamoyili asosida modernizatsiya qilish hamda mazkur havo darvozasini Yevropa hamda Osiyo qitʼasi oʻrtasida tranzit yoʻlagiga aylantirish maqsad qilinganini taʼkidladi.
— Hozirda Oʻzbekistonning 3 ta shahridan Quvaytga aviaqatnovlar amalga oshirilib, fargʻonaliklar doimiy yoʻlovchilarning salmoqli qismini tashkil etadi,—dedi uchrashuvda “Jazeera Airways”ning Oʻzbekiston va Tojikiston boʻyicha direktori Ildar Abubekirov. — Ayni jihatni inobatga olib, joriy yilning dekabr oyidan boshlab Fargʻona – Quvayt – Fargʻona yoʻnalishida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga kirishiladi.
Dastlabki bosqichda haftasiga uch marotaba, kelgusi oylardan kunlik aviaqatnovlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda. Bu viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirishda ham juda qoʻl keladi.
Shuningdek, uchrashuvda “Fargʻona” xalqaro aeroportidan oʻzaro hamkorlikda Misr, Turkiya va qator Yevropa mamlakatlariga aviaqatnovlarni tashkil etish istiqbollari tahlil qilindi.
Aytish oʻrinli, bugungi kunda ushbu aviakompaniya dunyoning 34 ta davlatiga 60 dan ortiq yoʻnalishlarda muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring