Davolanishga chidamli koʻkrak bezi saratonini “yengish” yoʻli topildi
Illyustrativ foto
London Qirollik kolleji olimlari tuxumdon va koʻkrak saratoni oʻsmalarining mikro muhitida immun hujayralarini ragʻbatlantirishi mumkin boʻlgan IgE (E immunoglobulini) oqsil molekulasining yangi turini yaratdilar.
Saraton kasalligida immunitet tizimini faollashtirish uchun antitanachalardan foydalanish usuli immunoterapiya deb ataladi. Soʻnggi yillarda u kimyoterapiya va radiatsiya terapiyasi kabi anʼanaviy davolash usullariga muqobil sifatida koʻproq koʻrib chiqilmoqda. Ushbu yondashuv nojoʻya taʼsirlardan qochish hamda saraton hujayralariga qaratilgan.
Immunoterapiya maqsadlaridan biri koʻkrak va tuxumdonlar saratonida hujayralar yuzasida ifodalangan HER2 belgisidir. Bugungi kunda ushbu markerni nishonga olgan IgG antitanachalari tez-tez qoʻllaniladi. Ammo ularning samaradorligi har doim ham umidlarni oqlamaydi.
Davolash natijalarini yaxshilash uchun olimlar yangi turdagi antitanacha — IgEni ishlab chiqdilar. Bu antitanachalar bemorning immun tizimini turlicha faollashtiradi, mikromuhitdagi turli immun hujayralarini nishonga oladi. Bu saraton hujayralariga qarshi yanada muvaffaqiyatli kurashish imkonini beradi.
Sichqonlarda oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, yangi IgE antitanachalari HER2 ekspressiv oʻsmalarning oʻsishini samarali ravishda sekinlashtirdi va immunitet hujayralarini saraton hujayralariga hujum qilish uchun ragʻbatlantirdi. Ushbu yondashuv, ayniqsa, anʼanaviy davolash usullari yordam bermaydigan bemorlar uchun istiqbolli ekani aytilmoqda.
Qoʻshimcha tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, IgE antitanachalari oʻsimtaning “immun mikro muhitini” qayta dasturlashi va uni immunosupressivdan immunostimulyatorli javobga oʻtkazishi mumkin. Olimlarning prognozlariga koʻra, yetarli miqdorda sarmoya va takomillashtirish bilan yangi usul besh yil ichida klinik amaliyotga kiritilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring