“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonun rad etildi

12:53 04 Sentyabr 2025 Siyosat
114 0

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Muhokama chogʻida ushbu Qonun aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgani taʼkidlandi. Unda davlat ijtimoiy sugʻurtasining amal qilishi, sugʻurta hodisasi, sugʻurtalangan shaxsning, sugʻurtalovchining, sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Qonunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari manbalari, sugʻurta badali stavkasi, sugʻurta badallarini toʻlovchilar, davlat ijtimoiy sugʻurtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish kabi qator masalalar nazarda tutilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shu bilan birga, senatorlar tomonidan ushbu Qonunning ayrim normalarini qayta koʻrib chiqish va qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish lozimligiga eʼtibor qaratildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Xususan, Qonunda vakolatli organning vakolatlari va vazifalari ochib berilmagan.

Shuningdek, senatorlar tomonidan Qonunda oʻndan ortiq havolaki normalar mavjudligiga urgʻu berildi. Bu esa Qonunning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishiga salbiy taʼsir koʻrsatishiga olib kelishi qayd etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, Qonun qabul qilinishi natijasida amaldagi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish masalasi Qonunda nazarda tutilmagan.

Senatorlar ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi lozimligi xususida oʻzlarining takliflarini bildirdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Muhokama natijalari boʻyicha Qonun senatorlar tomonidan rad etildi.

Yunus Boʻriyev (foto), Otabek Saidahmadov

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?