Davlat yerini sotmoqchi boʻlgan hokim yordamchisi qamoqqa olindi
 
                Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatida davlat yerini sotmoqchi boʻlgan hokim yordamchisi va uning sherigi qamoqqa olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 40 yoshli shaxs 38 yoshli fuqarodan 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullari olayotgan vaqtda ushlangan.
Aniqlanishicha, u Yangiyoʻl tumanidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydonidan 4 sotixini mansabdor tanishi orqali 20 ming AQSH dollari evaziga kelgusida rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan. Kelishilgan puldan boʻnak (avans) sifatida olingan 5 ming AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Koʻrilgan choralar natijasida, uning mansabdor tanishi 51 yoshli Yangiyoʻl tumanida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a»bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ikki nafar shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari ) tartibida qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring