Davlat byudjetining oʻn kunlik kamomadi 9.1 trillion soʻmdan oshib ketdi. Shuncha pul nimaga sarflandi?

17:19 13 Iyun 2024 Iqtisodiyot
728 0

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat byudjetining iyun oyidagi dastlabki 10 kunlik hisoboti eʼlon qilindi.

Unga koʻra, 1-10-iyun oraligʻida byudjet daromadlari 4.1 trillion soʻmni, xarajatlari esa 13.2 trillion soʻmni tashkil etib, oʻn kunlik kamomad 9.1 trillion soʻmdan oshib ketgan.

Oʻn kunlikda byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xarajatlari elektron doʻkonlarda 23 ming 224 ta xarid (288,7 milliard), boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkazilgan auksionda 569 ta xarid (10,2 milliard), eng yaxshi takliflarni tanlashda 1 ming 453 ta xarid (677 milliard) va tender savdolarida 276 ta xarid (633,2 milliard) amalga oshirilgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, iyun oyining ilk dekadasi byudjet muvozanati uchun murakkab hisoblanadigan yanvar va fevraldan ham ogʻirroq kelgan. Vaholanki, oy boshida byudjet uchun eng katta xarajat hisoblanadigan byudjet xodimlarining ish haqi (6,9 trillion soʻm) ulushi 52,5 foizgacha tushgan. Solishtirish uchun, bu miqdor yanvarda 63,1 foizni tashkil etgan (6,8 trillion soʻm).

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning birinchi chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston byudjeti defitsiti 19,8 trillion soʻm (1,56 milliard dollar)ni tashkil etgan edi. Bu soʻnggi 12-yildagi rekord koʻrsatkichdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?