Daniya va Litvaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinladi

Daniya va Litvaning Oʻzbekistonga tayinlangan yangi elchilari mamlakat Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazir oʻz Telegram kanalida maʼlum qildi.
“Litvaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Egidiyus Navikas janoblari bilan uchrashishdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. Ikki va koʻp tomonlama shakllardagi hamkorligimizning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildik, yaqin istiqboldagi umumiy kun tartibimizni koʻrib chiqdik. Janob Elchiga kengayib borayotgan munosabatlarimizning hali kashf etilmagan imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Saidov.
Maʼlumot uchun, Egidiyus Navikas 2023-2024-yillarda Oʻzbekistonda diplomatik missiya rahbari sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan elchi Gintautas Vasyulis oʻrniga tayinlandi.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Daniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Yakob Xenningsenni ham qabul qilganini maʼlum qildi.
“Uchrashuvimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarining hozirgi holatini muhokama qildik va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldik. Janob elchiga aloqalarimizni mustahkamlashdagi maqsadlariga erishishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Portugaliyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring