Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

13:30 22 Avgust 2025 Jamiyat
112 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 23-24-avgust kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati 35-37 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 40 darajagacha boʻladi.

Dam olish kunlari respublika boʻyicha nisbatan nam va biroz issiq boʻlgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakat hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida ushbu kunlarda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 35-37 daraja, yakshanba kuni 32-35 daraja boʻladi. Harorat kechalari asosan 20-22 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер