“Cobalt”ning yangi versiyalari sotuvi qachondan boshlanishi aytildi
“UzAuto Motors” AJ “Chevrolet Cobalt” avtomobilining yangi versiyalari sotuvi 2025-yil 3-noyabrdan boshlanishini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, yangi versiyadagi avtomobillarning koʻrgazma namunalari allaqachon dilerlik markazlariga yetkazib berilgan, mijozlar ular bilan tanishib, xarid qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin.
Kompaniya “Chevrolet Cobalt” avtomobillariga boʻlgan yuqori talab va mijozlardan kelib tushayotgan koʻplab soʻrovlarni inobatga olgan holda, shuningdek, ortiqcha ajiotajning oldini olish maqsadida, mazkur avtomobillarga kontraktatsiya jarayoni onlayn tarzda amalga oshirmoqda.
Onlayn shartnoma tuzish jarayonida “Chevrolet Cobalt” avtomobillarining barcha komplektatsiyalari, shu jumladan ikkita yangi komplektatsiya ham mavjud boʻladi.
Taʼkidlanishicha, 2025-yil 3-noyabr soat 10:00 dan boshlab mijozlarga “Chevrolet Cobalt” uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi va kompaniyaning tegishli sayti hamda “UzAvtoSavdo” ilovasi (iOS/Android) orqali amalga oshiriladi.
3-noyabr kuni barcha “Chevrolet” dilerlik markazlari yopiladi va “UzAuto Motors” savdo tizimidan uziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring