Chortoqda salomatlik yoʻlaklari

16:11 03 Oktyabr 2025 Jamiyat
212 0

Chortoq tumanida yirik infratuzilmaviy loyiha doirasida hududdan oqib oʻtuvchi Katta Namangan kanalining tuman markazigacha boʻlgan qismi beton qoplamasi bilan mustahkamlanib, uning atrofida aholi va mehmonlar uchun zamonaviy dam olish hududlari barpo etilmoqda. Ayni jarayonda kanal yoqasi boʻylab piyodalar uchun qulay yoʻlaklar boʻlishi, oʻrindiqlar, energiya tejamkor yoritgichlar oʻrnatilishi hamda keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilishi koʻzda tutilgan.

— Rejadagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda, — deydi tuman hokimining qurilish boʻyicha oʻrinbosari Abduaziz Rustamov. — Ayni paytda loyihaning birinchi bosqichi bitkazilib, Chortoq va Yangi Namangan tumanlarini bogʻlovchi yoʻl chetida 2,4 kilometr uzunlikda salomatlik yoʻlaklari barpo etildi. Bu yerdagi piyodalar va velosiped yoʻlaklari, koʻcha boʻylab qurilgan savdo va maishiy xizmat qurilmalari, bolalar maydonchalari qulay ekologik muhit yaratish barobarida hududning sayyohlik imkoniyatlarini kengaytiradi.

Maʼlumot uchun, yuqoridagi loyihaga koʻra, salomatlik yoʻlaklari uzunligi 7,6 kilometrga yetkazilib, umumiy hisobda 20 milliard soʻmlik hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер