Chortoqda kompyuter jihozlari va jamlanmalari ishlab chiqaruvchi korxona ish boshladi
Bir yarim million AQSH dollari qiymatidagi innovatsion loyiha mahalliy yosh tadbirkor tomonidan ishga tushirildi. Yaponiya texnologiyasiga asoslangan quvvatlar elektron qurilmalar qismlari va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan. Bu yerda uchta boʻlim mavjud boʻlib, plata va ehtiyot qismlar tayyorlash, terish hamda tayyor mahsulotga aylantirish amaliyotlari bajariladi. Yakuniy laboratoriya majmuasi ham shu yerning oʻzida joylashtirilgan.

- Tuman darajasida bu singari nodir loyihalarning ishga tushirilishi elektronika sanoatida yangi natija, -deydi tadbirkor Azamat Gʻulomov.- Uning ijrosi oʻz navbatida hududlarda zamonaviy kasblarni rivojlantirish istiqbolini ochadi. Korxonaga ishga qabul qilingan 25 nafar yoshlar yuqori texnologiyali jarayonlarni mohirlik bilan oʻzlashtirishyapti.

“Technology electronic L-tech” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ushbu korxonasi quvvatlari oʻziga yarasha: bu yerda yiliga 500 mingta plata, 60 mingdan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilgan. Mahalliy sharoitda tayyorlanayotgan elektron vositalar hozirdanoq xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring