Choʻngʻarada bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Rishton tumanining eksklav hududidagi “Choʻngʻara” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Choʻngʻaraliklar Rishton tumani tibbiyot birlashmasining kardiolog, nevropatolog, urolog, rulmonolog, akusher-ginekolog kabi shifokorlari koʻrigidan oʻtdi. Shu kuni tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Bunyodbek Hojirahmatov ishtirokida sayyor qabul ham uyushtirilib, kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha yuzma-yuz muloqot oʻtkazildi.

— Bugun 30 nafardan ziyod yosh kelinchaklar, oʻsmir qizlar ham tibbiy koʻrikdan oʻtib, mutaxassislardan kerakli maslahatlar olishdi, — deydi “Choʻngʻara” MFY yoshlar yetakchisi Navroʻzbek Boʻribekov. — Oʻz navbatida nuroniylar, oila bekalari ham sogʻligʻini nazoratdan oʻtkazib, ehtiyojga qarab amaliy maslahatlar hamda tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar olishdi.
Umuman olganda, tibbiy koʻrikda mahalla aholisining 100 nafardan ortigʻiga salomatligini yaxshilash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi.
Aytish joiz, bugungi kunda ushbu mahalladagi 426 ta oilada 1667 nafar hamyurtlarimiz istiqomat qiladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring