Chiroqchi tumani hokimi ham oʻzgardi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Xudoyqulov Bahodir Xudoyorovich Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 4-fevral kuni Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, deputatlar Xudoyqulov Bahodir Xudoyorovichni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Bahodir Xudoyqulov — 1985-yilda tugʻilgan. U Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. Faoliyati davomida 2018-2024-yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ham ishlagan.
Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmudov Temur Asomidinovich Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi, Pardayev Jamshid Arziyevich Pastdargʻom tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring