Chirchiqda 27 yoshli yigit o‘zini ko‘p qavatli uydan pastga tashlab vafot etdi

2023 yil 9 iyul kuni soat 09:20 larda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida tug‘ilib, Chirchiq shahar Konstruktorchilar dahasidagi 9-uyda ota-onasi va singlisi bilan birga yashagan 26 yoshli D.R. shu uyning 8-qavatidan o‘zini tashlab yubordi va olgan tan jarohati natijasida vafot etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum so‘nggi 5 yil davomida oila a’zolari bilan birgalikda Rossiyada ishlab kelib, shu yilning may oyi boshida O‘zbekistonga qaytgan. Vaqtincha ishsiz bo‘lib, Bo‘stonliq tumanida oilasiga tegishli dala hovlida qurilish ishlari bilan band bo‘lgan.
Otasining so‘zlariga ko‘ra, yigitda 2023 yilning martidan beri ruhiy buzilish kuzatilgan.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring