Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari yana sotuvga chiqadi. Narxlar qimmatlashgan
UzAuto Motors ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo’shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
UzAuto Motors kompaniyasi ishlab chiqarish hajmining o'sishini hisobga olgan holda, Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas modellarining yangi komplektatsiyalari uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qiladi. Shu bilan birga, avvaldan mavjud bo’lgan komplektatsiyalarning narxlari o’zgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda.
Yangilangan komplektatsiyalar qo’shimcha opsiyalar bilan:
Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000
LABO LB2 Plus: 91 669 000
COBALT GS-Style Plus MT: 113 711 000
COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000
LACETTI L-Style Plus MT CNG: 144 111 000
LACETTI L-Style Plus AT: 160 868 000
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring