Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

12:58 12 Mart 2026 Jamiyat
117 0

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihon sanasi eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.

Unga koʻra, imtihonning yozma qismi 14-15-16-mart kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari esa 16-martdan 9-aprelgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) boʻlib oʻtishi belgilangan.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻralgan.

Maʼlumot uchun, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер