Chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Bobur” MFY hududida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqaro Sh.A. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro U.ga 44 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi va IIB tomonidan oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqaro M.B. jami 3 200 AQSH dollarini fuqaro A.ga 35 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring