Chegara va anklav hududlardagi mahallalarga eʼtibor qaratilmayotgani aytildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida chegara va anklav hududlardagi 563 ta mahallaga tuman hokimlari yetarli eʼtibor qaratmayotgani qayd etildi.
U yerlarga olib boruvchi yoʻllar taʼmirlanib, mehmon uylari, dam olish maskani, savdo-servis obyektlari tashkil qilinsa, 50 ming xonadonning daromadi koʻpayadi.
Masalan, Soʻx daryosining Sarikanda, Rovon, Istiqlol mahallalari hududidan oʻtgan 5 kilometr qismida kurort zona va koʻngilochar maskan tashkil qilinsa, yiliga 30 ming sayyoh keladi. Buning hisobiga 200 ta oilaning daromadi oshadi.
Agar har bir hokim 563 ta mahallada ishni shu tartibda yoʻlga qoʻyib, kamida 100 ming odamni band qilsa, 25 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish mumkinligi qayd etildi.
Umuman, kelgusi yilda bu mahallalardagi aholi turmushida vaziyat keskin oʻzgarishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Ushbu mahallalarda dam olish va servis obyektlarini qurish loyihalari uchun 1 trillion soʻm resurs ajratish topshirildi.
Sohil va yoʻl boʻyida servisni rivojlantirish boʻyicha 500 ta mahalla tanlab olingan.
Viloyat hokimlariga yer maydonlarini belgilab, auksionga chiqarish, ariq va zovurlarni yopiq tizimga oʻtkazib, kanal qirgʻoqlari va yoʻl chetini tekislab, tadbirkorlik loyihalari uchun sharoit yaratish topshirildi.
Tuman banklari bu joylarda kamida 5 ta doimiy ish oʻrni yaratadigan loyihalarga 1 milliard soʻmgacha kredit berishni yoʻlga qoʻyadi.
Kelasi yilda bu loyihalar hisobiga 50 ming odamni doimiy daromadli qilish muhim ekani qayd etildi.
Aholining daromadi oshishi bilan ovqatlanish, turizm, savdo xizmatlariga talab koʻpayib, shu yilning oʻzida 255 ta tunu kun ishlaydigan koʻcha ishga tushdi. Ularda 11 ming xizmat koʻrsatish obyektlari ish boshladi, 27 mingga yaqin aholining bandligi taʼminlandi.
Hokimlar kelgusi yilda bunga qoʻshimcha 1 mingta mahallani bogʻlaydigan yana 200 ta koʻchani tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan.
Bir oyda aniq “yoʻl xaritasi”ni tuzib, ishni boshlab yuborgan hokimlarga har bir koʻcha uchun 4 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratilishi belgilandi. Buni hisobidan 25 ming yangi ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring