Chegara va anklav hududda joylashgan mahallalardagi tadbirkorlik loyihalarining kredit miqdori oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga 140 trillion soʻm kredit ajratilishi belgilangan. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.
“Ochiq aytish kerak, hozir banklar taklif qilayotgan kreditlar barcha tuman va shaharlar uchun bir xil. Endi oʻzingiz ayting, Olmazor bilan Boʻzatovdagi imkoniyat va sharoitni taqqoslab boʻladimi?
Lekin oilaviy tadbirkorlik uchun ikkala tumanga bir xil, 17,5 foizli kredit ajratilyapti. Endi 37 ta “ogʻir” tumanda ushbu dastur doirasida kreditlar 12 foizdan beriladi”, dedi Prezidentimiz.
Barcha tumanda oilaviy tadbirkorlik boʻyicha imtiyozli kreditning eng koʻp miqdori 1,5 karra koʻpayib, 50 million soʻmga yetkaziladi. Bunda import qilingan va sertifikatli naslli chorva uchun 100 million soʻmgacha kredit beriladi. Uy mehmonxona, kichik hajmli muzlatkich, mahsulotni saqlash va qayta ishlash mini texnologiyasi uchun 150 million soʻm garovsiz kredit ajratiladi.
Chegara va anklav hududda joylashgan 562 ta mahalladagi tadbirkorlik loyihalarining kredit miqdori 1 milliard soʻmgacha oshiriladi.
Buning uchun joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga reja qilingan 3,6 trillion soʻmga qoʻshimcha yana 2 trillion soʻm resurs yoʻnaltirilishi belgilandi.
Mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish uchun bu yil banklar 17 trillion soʻmlik kredit ajratadi. Bu jarayonda mahsulot yetishtirishga olingan kreditning 4 foizi, uni qayta ishlash loyihasida esa 6 foizi qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring