CEFR imtihonining oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi
Foto: Oliygoh.uz
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihonlar sanasi maʼlum qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Imtihonning yozma bosqichi 10–11- va 14–19-may kunlari oʻtkaziladi. Gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari esa 12-maydan 13-iyungacha boʻlgan muddatda, shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari kunlarda boʻlib oʻtadi.
Talabgorlar oʻz imtihon kuni, manzili va aniq vaqtini my.gov.uz portali orqali “Mening arizalarim” boʻlimidan bilib olishi mumkin. Shu boʻlimdan ruxsatnoma ham yuklab olinadi. Ruxsatnomada test sinovida qatnashish vaqti va joyi aniq koʻrsatiladi. Talabgorlardan belgilangangan vaqtdan kechikmasdan imtihon binosiga yetib kelishlari soʻralmoqda.
Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga faqatgina shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta orqali kirish mumkin. 1-smena uchun kirish soat 7:00 dan 8:30 gacha amalga oshiriladi. Soat 8:30 dan kech qolganlar test sinoviga kiritilmaydi. 2-smena uchun esa kirish 13:00 dan 14:30 gacha davom etadi va bu vaqt oʻtgach kelgan talabgorlarga testda qatnashishga ruxsat berilmaydi.
Maʼlumot uchun, ushbu test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qaroriga muvofiq 20-iyun kuni eʼlon qilinadi. Shu sababli, talabgorlardan imtihon tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilish va belgilangan talablarga amal qilish soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring