Dunyo

Hindiston Xitoy bilan aloqalarni yaxshilashga intiladi — Narendra Modi

Hindiston bosh vazirining Xitoy bilan ittifoqdosh boʻlish toʻgʻrisidagi bayonoti AQSHning hind tovarlariga boj joriy qilganidan keyin yangragan.

17:29 31 Avgust 2025
Isroil havo hujumi oqibatida husiylar bosh vaziri halok boʻldi

Husiylar bosh vaziri hukumatning oʻtgan yildagi faoliyatini baholash uchun oʻtkazayotgan seminari vaqtida Isroil havo hujumi nishoniga aylangan.

16:41 31 Avgust 2025
Gʻazoda urushning yangi va xavfli bosqichi boshlanishi mumkin — BMT Bosh kotibi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning taʼkidlashicha, Isroil hukumati xalqaro chaqiriqlarga qaramay Gʻazo shahrini egallashga hozirlik koʻrmoqda.

20:26 29 Avgust 2025
Tramp Kongress tomonidan tasdiqlangan xorijiy yordam paketini bekor qilmoqchi

Manbaga koʻra, Oq uy 48-yil davomida qoʻllanilmagan qonunchilik nayrangidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

17:25 29 Avgust 2025
AQSH Mudofaa vazirligi qoshida yangi maxsus guruh tuzildi

Buning sababi Rossiyaning yiliga milliontagacha dron ishlab chiqarish qobiliyatidir.

14:01 29 Avgust 2025
Yevropa Ukrainada bufer zona yaratishni muhokama qilmoqda. Unda 60 ming kontingent patrullik qilishi mumkin

Ukraina bunday rejalarni hududiy imtiyozlarga teng deb hisoblab, hali rozi boʻlmagan.

11:16 29 Avgust 2025
Eron “Yevropa uchligi” sanksiyalarni tiklashdagi “xatosi”ni tuzatishiga umid qilmoqda

Shu yilning 13-avgust kuni Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya BMTga maktub yoʻllab, Tehron yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmasa, Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirgan edi.

20:19 28 Avgust 2025
Turkiyada urush, tabiiy ofat va yadroviy holatlarga tayyorgarlik sifatida yangi bunkerlar qurila boshlandi

Bunkerlar mamlakatning barcha viloyatida barpo etilishi rejalashtirilgan.

17:23 28 Avgust 2025
Pokistondagi toshqin sabab 200 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Qutqaruvchilar 28 mingdan ziyod aholini xavfli hududlardan olib chiqishga muvaffaq boʻldi.

16:13 28 Avgust 2025
Gʻazo markazida majburan koʻchirilgan aholi vakillariga yangi chodir o'rnatish uchun joy qolmadi

Isroil hujumlari oqibatida Gʻazo aholisining aksariyat qismi hudud markazidagi Dayr al-Baloh shahriga koʻchirilgan. Ayni vaqtda shahar sohillari gavjum, sharqiy hududlar esa hujumga uchragan. Yangi koʻchirilgan aholiga chodir o'rnatish uchun yaroqli hudud mavjud emas.

15:38 28 Avgust 2025