Hindiston Xitoy bilan aloqalarni yaxshilashga intiladi — Narendra Modi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Donald Trampning Hindiston tovarlariga boj joriy qilish toʻgʻrisida qaroridan soʻng, Xitoy yetakchisi Si Tszinpinga ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash tarafdori ekanligini bildirdi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Xabarda aytilishicha, AQSHning Hindiston tovarlariga boj joriy qilishi ikki mamlakatlar oʻrtasidagi strategik aloqalarni susaytirib yuborishi mumkin. Shu tufayli Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoy prezidenti Si Tszinpinga ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash tarafdori ekanini maʼlum qilgan.
Narendra Modi bugun, 31-avgust kuni Tyanszinda boshlanadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti chogʻida Xitoy yetakchisi bilan koʻrishib, oʻzaro hurmat, ishonch va sezgirlik asosidagi munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanini bildirgan. Shuningdek, Hindiston bosh vaziri oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida Xitoy prezidenti bilan uchrashuvi aks etgan videolavhani joylashtirgan.
Nashrning maʼlum qilishicha, Xitoy yetakchisi ham Hindiston bilan chegaradagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va hamkorlikni kuchaytirishga vaʼda bergan. Si Tszinpin Tyanszindagi uchrashuv ikki tomonlama yuksalish va munosabatlarning barqaror, sogʻlom va barqaror rivojlanishiga yordam berishini taʼkidlagan.
“Hindiston va Xitoy oʻrtasidagi chegara masalasi ikki mamlakat munosabatlarini belgilashiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Asosiy eʼtiborimiz iqtisodiy rivojlanishda boʻlishi lozim. Biz raqib emas, sherik boʻlish va tahdid emas, rivojlanish imkoniyatlarini taʼminlash kabi umumiy maqsadga sodiq qolar ekanmiz, Xitoy va Hindiston munosabatlari gullab-yashnaydi va barqaror rivojlanadi”, degan Xitoy yetakchisi Si Tszinpin.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Xitoy bilan ittifoqdosh boʻlish toʻgʻrisidagi bayonoti uzoq yillik hamkori AQSHning chorshanba kuni hind tovarlariga 50 foizlik boj joriy qilganidan keyin yangragan.
Bundan tashqari, Narendra Modi oʻz bayonotida Hindiston va Xitoy chegaralarni boshqarish boʻyicha kelishuvga erishganini hamda mamlakatlar oʻrtasida 2020-yildan beri toʻxtatilgan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar qayta tiklanayotganini qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring