Actual

Koronavirus: 2020-yil 1-martidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Seulga parvozlarni vaqtincha toʻxtatadi

2020-yilning 1-martidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va Oʻzbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga boʻlgan qatnovlarni vaqtincha toʻxtatib turadi.

09:32 29 Fevral 2020
Oʻzbekiston delegatsiyasi AQSH va “Tolibon“ oʻrtasida Bitim imzolash marosimida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy taklifga binoan 2020-yil 29-fevral kuni Doha shahrida (Qatar Davlati) boʻlib oʻtadigan AQSH va “Tolibon” harakati oʻrtasida Bitim imzolash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda TIV xabar berdi.

20:08 28 Fevral 2020
Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi yakunlandi

Senatorlar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi va Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postlari faoliyatini oʻrganish holati yuzasidan parlament soʻrovi natijalarini koʻrib chiqdilar.

19:42 28 Fevral 2020
Oʻktam Barnoyev rasman bosh vazir oʻrinbosari lavozimga tayinlandi

Eslatib oʻtamiz, Oʻktam Barnoyev muqaddam Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan

19:05 28 Fevral 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019-yildagi faoliyati haqida axborot tinglandi

Taʼkidlanganidek, Tashqi siyosiy aloqalarni yana-da rivojlantirish boʻyicha vazirlik tomonidan muayyan ish olib borilgan. Vazirlikning bevosita va faol ishtirokida 2019-yilda davlatimiz rahbari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar rahbarlarining 20 ta tashrifi tashkil etildi. Oliy darajadagi tashriflar va tadbirlar yakunlari boʻyicha...

18:05 28 Fevral 2020
Mamlakat ichki ishlar vazirining axboroti eshitildi

Senat aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2019-yil yakuni boʻyicha axborotini eshitdilar.

17:21 28 Fevral 2020
2-martdan toʻlov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi

Toʻlov tizimlariga bepul xizmat koʻrsatilishi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi

17:12 28 Fevral 2020
SSV aholini koronavirusdan xavotirga tushmasdan, ogoh boʻlishga chorlaydi

Ayni kunlarda dunyoda, xususan, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron va Italiya kabi qator davlatlarda koronavirus infeksiyasi keng tarqalayotganligi kuzatilmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, jahonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 82 ming nafardan oshdi, 2 800 dan ortiq oʻlim holati qayd etildi. Hozirgacha...

16:59 28 Fevral 2020
Xitoyda yangi turdagi koronavirusga qarshi kurash izchil davom etmoqda

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yangi turdagi koronavirus tarqalishiga chek qoʻyish va kasallik oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha saʼy-harakatlarni davom ettirmoqda.

16:16 28 Fevral 2020
Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasi Oʻzbekiston tomonini chet el, jumladan Oʻzbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Paygʻambarimizning Muqaddas Masjidini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik toʻxtatilganiligi toʻgʻrisida rasman xabardor qildi.

14:22 28 Fevral 2020
Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovini yuborishga qaror qildilar

Senat aʼzolari Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va nogironlikni aniqlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdilar.

14:10 28 Fevral 2020
Saudiya Arabistoni 7 ta davlat fuqarolariga sayyohlik vizasini berishni toʻxtatdi

Shuningdek, ushbu mamlakatlar fuqarolari ilgari olgan sayyohlik vizalaridan ham hozircha foydalana olmaydi.

13:57 28 Fevral 2020
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi

Senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunini koʻrib chiqdi.

13:55 28 Fevral 2020
Aliment undirish boʻyicha yangi normalar belgilanadi

Jumladan, “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunida aliment undirishning yangi normalari belgilanmoqda.

12:07 28 Fevral 2020
Yalpi majlisda qonun rad etildi

Senatning ikkinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Senatorlar “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonunini rad etish haqida qaror qabul qilishdi.

12:04 28 Fevral 2020
Litvada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi

Litvada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi, deb xabar berdi RIA “Novosti” ushbu mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga tayanib.

09:47 28 Fevral 2020
SSV: Koronavirus infeksiyasinngi oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilmoqda

Sogʻliqni saqlash vazirligida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyat va kasallik tarqalishining oldini olish chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlikning markaziy apparati masʼullari, respublika davolash muassasalari rahbarlari, oliy tibbiy taʼlim oʻquv yurtlari rektorlari va vazirlikning hududlardagi quyi...

20:30 27 Fevral 2020
Janubiy Koreyadan kelgan yoʻlovchilar 14 kun davomida tibbiy kuzatuvda boʻladi

Avval xabar qilganimizdek, bugun tongda Seul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻngan edi.

17:33 27 Fevral 2020
Ucell kompaniyasi aloqa va saytdagi texnik nosozliklarga izoh berdi hamda uzr soʻradi

Bugun, 27-fevral kuni Ucell mobil operatori faoliyatida uzilishlar roʻy berdi. Bunday holatlar taxminan soat 12:00dan boshlandi. Foydalanuvchilar esa aloqa yoʻqligidan shikoyat qilishdi.

16:55 27 Fevral 2020
Koronavirus oʻchogʻi Xitoy boʻlmasligi mumkin?!

Epidemiya bilan bogʻliq taxminlar va bashoratlarga kelsak, birinchi kundanoq boshqa davlatlarni hisobga olmagan holda Xitoyni virusning tarqalish manbasi sifatida koʻrsatdik.

16:12 27 Fevral 2020