Yalpi majlisda qonun rad etildi

12:04 28 Fevral 2020 Siyosat
1076 0

Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")

Senatning ikkinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Senatorlar “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonunini rad etish haqida qaror qabul qilishdi.

Qonun Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitraj sudlarining faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibini huquqiy tartibga solish, xalqaro tijorat arbitraj sudi faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilashni nazarda tutadi. Shuningdek, qonunda xorijiy investorlar, milliy kompaniyalarni chet ellik hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash maqsad qilingan.

Senatorlar koʻzda tutilgan masalalar qonun hujjatida yetarli darajada asoslanmaganini aytib oʻtishdi.

Birinichidan, Qonunning 3-moddasida uning qoʻllanilish sohasi belgilangan boʻlsada, unda tijorat arbitrajining halqaroligi tushunchasi va tamoyillari ochib berilmagan.

Qonunning qoʻllanilish sohasi tegishlicha yoritilmaganligi oqibatida, Qonun matnida boshqacha meʼyor yaratishga harakat qilingan va unda tarkibiy hamda mantiqiy hatoga yoʻl qoʻyilgan.

Qonunning qoʻllanilish sohasini bafurja izohlash oʻrniga belgilangan 6-moddasida hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajiga topshirilishi mumkin boʻlgan nizolar sanab oʻtilgan boʻlib, fikrimizcha, ushbu normada xalqaro tijorat arbitraji koʻrib chiqishi mumkin boʻlgan nizo predmeti toʻliq yoritilmagan.

Tijorat tusdagi munosabatlar keng qamrovli, shartnomaga asoslangan yoki asoslanmagan boʻlib, bunday munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni meʼyorlar bilan cheklab boʻlmaydi.

Shuningdek, Qonun nomi va mazmun mohiyatida aks ettirilgan “tijorat” tushunchasi jamiyatdagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy, oilaviy va mehnat nizolarini istisno etadi.

Mazkur Qonun xalqaro tijorat arbitraji jarayonini tartibga soladi va unda tashkiliy shakllarga urgʻu berish maqsadga muvofiq emas. Sababi, bunday meʼyorlarni Qonunda aks ettirilishi “arbitraj tashkiloti” tushunchasi yoritilishi kabi bir qator noaniqliklar tugʻdiradi. Vaholanki, arbitrajning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qoidalar uning ichki reglamenti bilan tartibga solinishi darkor.

 

Taqdim qilingan Qonun esa ushbu talabga va qonunchilik texnikasiga javob bermaydi, taʼkidlandi yalpi majlisda.

Munisxon Karimova/ “Xalq soʻzi”- Online.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер