Koronavirus oʻchogʻi Xitoy boʻlmasligi mumkin?!

16:12 27 Fevral 2020 Dunyo
1193 0

Foto: www.google.com

“COVID-19” virusi birinchi marta Xitoyning Xubey provinsiyasida qayd etildi degani, kasallikning manbasi shu yerda paydo boʻlgan degani emas”, deya taʼkidladi XXR davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasining maxsus ekspertlar komissiyasi rahbari Chjun Nanshan matbuot anjumanida.

“Epidemiya bilan bogʻliq taxminlar va bashoratlarga kelsak, birinchi kundanoq boshqa davlatlarni hisobga olmagan holda Xitoyni virusning tarqalish manbasi sifatida koʻrsatdik. Ammo hozirda koʻplab chet el davlatlarida ham koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari kuzatilmoqda. Demak, xastalikning tarqalish oʻchogʻi sifatida faqat Xitoyni koʻrsatish notoʻgʻri”, — dedi Chjun Nanshan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 78 mingdan oshdi, ulardan 2715 nafari vafot etdi, 29 mingga yaqini davolandi.

JSST maʼlumotlariga koʻra, 33 mamlakatda 80 mingdan ortiq odamlar “COVID-19” bilan kasallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер