Buyuk Britaniyaning eng yirik “BAE Systems” mudofaa kompaniyasinining zavodi yonib ketdi

15:58 30 Oktyabr 2024 Dunyo
275 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniyaning eng yirik “BAE Systems” mudofaa kompaniyasining Barrou-in-Furness shahrida joylashgan zavodida joyida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda mahalliy politsiya maʼlum qildi.

“Favqulodda xizmatlar Barrou-in-Furnessdagi “BAE Systems” zavodidagi yongʻinga yetib keldi. Yadroviy tahdid yoʻq”, — deyiladi bayonotda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu inshootda Buyuk Britaniyaning atom suv osti kemalari ishlab chiqarilgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati voqeaga yaqin atrofda yashovchi odamlarga uyda qolishni hamda eshik va derazalarni yopiq saqlashni tavsiya qilgan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, ikki kishi shifoxonaga olib ketilgan.

Avvalroq, Germaniyaning eng yirik poʻlat ishlab chiqaruvchi “ThyssenKrupp” kompaniyasining Saarland federal yeri Felklingen shahri yaqinidagi omborida yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqalgan. Qayd etilishicha, obyekt 30 soatdan ortiq yongan. Yongʻinni oʻchirishga 200 nafardan ortiq favqulodda xizmatlar xodimlari jalb qilingan. Yongʻin tutunlari 15 kilometr uzoqlikkacha yetib borgan.

Shu yilning iyul oyida Germaniyaning eng yirik “BASF” kimyo kompaniyasi zavodida portlash sodir boʻlgandi. Favqulodda hodisa oqibatida 14 kishi tan jarohati olgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер