“Buyirsintekstel”ga buyurtmalar koʻpaymoqda
Foto: Faxriddin Bozorov / Xalq so'zi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazidagi kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Buyirsintekstel” masʼuliyati cheklangan jamiyati yangi binoga ega boʻlgach, bu yerda mehnat qilayotganlar soni 50 nafarga yetdi.
– Bolalar va erkaklar uchun ishlab chiqarayotgan zamonaviy dizayndagi mavsumiy kiyim-kechaklarimizga ichki bozorda talab oshayotgani bois toʻla quvvat bilan ishlashga harakat qilyapmiz, - deydi korxona ish boshqaruvchisi Quvvat Ergashev. – Ehtiyojga qarab mahsulot turini ham koʻpaytirib boryapmiz. Har oyda 300 mln. soʻmlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarib, buyurtmachilarga yetkazib bermoqdamiz.
“Buyirsintekstel” masʼuliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi Naila Bekmirzayevaning aytishicha, ishchilar bepul tushlik va yotoqxona bilan taʼminlangan.
Korxonada yaqin orada yana 20 ta ish oʻrni yaratish va sotuv hajmi hamda geografiyasini kengaytirish moʻljallanmoqda.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring