Buloqboshida elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanadi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Buloqboshi tumanida aholining kuz-qish mavsumidagi elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar ijobiy yechim topadi. Buning uchun “Buloqboshi” podstansiyasida transformatorlarni yangilash ishlari olib borilmoqda.
— Bu podstansiya shu kungacha 2,5 megavolt-amper quvvatida ishlayotgan edi, — deydi “Andijon magistral elektr tarmoqlari” AJ xodimi Alijon Rahimov. — Soʻnggi yillarda aholi sonining ortishi natijasida isteʼmolchilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. Bu esa kuz-qish mavsumida taʼminotdagi uzilishlarga sabab boʻlayotgandi. Endilikda 16 megavolt-amper kuchlanishdagi yangi transformatorlar ishga tushirilmoqda. Bu bilan 11 ming 400 ta xonadonlar va 522 ta korxona-tashkilotlarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlashga erishiladi.

Bu kabi jarayon Andijon viloyatining boshqa hududlarida ham davom etmoqda. Jumladan, ayni paytda Andijon shahridagi “Yoyilma”, Asaka tumanidagi “Asaka”, Xoʻjaobod tumanidagi “JFK-O” podstansiyalarida ham taʼmirlash va bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Boʻston va Ulugʻnor tumanlarida 506 milliard soʻmlik loyiha asosida yangi podstansiyalar qurilyapti. Xulosa qilish mumkinki, elektr taʼminotida tub oʻzgarishlar yuzaga kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring