Buxorodan – Moskvaga uchgan samolyotning dvigateli ishdan chiqdi
Bugun, 2025-yil 15-yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yoʻnalishidagi HY9607 aviaqatnovi belgilangan aeroportga qoʻnayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqdi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli protseduralar bajarilgan va samolyotni belgilangan aeroportga qoʻndirishga qaror qilingan. Samolyot dvigatelida kuzatilgan nosozlik holatiga qaramasdan qoʻnish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Maʼlum qilinishicha, havo kemasi bortida 132 nafar yoʻlovchi boʻlgan.
“Uzbekistan Airways” texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda. Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring