Buxoroda kanalga tushib ketgan transport vositasi olib chiqildi

02:04 20 Iyul 2025 Jamiyat
216 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi kanallardan biriga transport vositasi tushib ketganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, Buxoro viloyati Buxoro tumani hududidan oqib oʻtuvchi “Chorbakr” kanaliga transport vositasi tushib ketgan. Mazkur vaziyat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida viloyat FVBga murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatga asosan voqea joyiga qutqaruv guruhi yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida transport vositasi suvdan olib chiqilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер