Buxorodagi bogʻchada 150 bolaning ovqatiga 300 gramm goʻsht solingani aniqlandi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 14-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilar haqiga xiyonat qilinayotgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 10-iyul sanasida Peshku tuman hokimi rahbarligida ishchi guruhi tuzilib, tumandagi ijtimoiy obyektlar qatorida 14-MTT faoliyati ham oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida muassasa oshxonasida tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan birinchi ovqatga 5.850 gramm, ikkinchi ovqatga esa 300 gramm goʻsht mahsuloti solinganligi aniqlangan.
“Ayni paytda MTT mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring