Buxoroda Navroʻz tantanasi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Yasharish va yangilanish ayyomi sanalgan Navroʻz Buxoroda ham oʻzgacha zavqu shavq bilan qarshi olindi. Chunonchi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida salkam 106 milliard soʻm, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq 5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. 2024-yilda 137 ta obyekt yangidan qurildi, rekonstruksiya qilindi, mukammal taʼmirdan chiqarildi. Ular qatorida umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari bor. Bu kabi raqamlar bunyodkorlik ogʻushidagi koʻhna goʻshada “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvorligidan dalolat beradi.
Navroʻz bayrami munosabati bilan “Koʻhna va boqiy Buxoro” majmuasida oʻtkazilgan tantanali tadbirda ana shular haqida atroflicha soʻz yuritildi.

— Navroʻz nafaqat bahor bayrami, balki doʻstlik, diydorlashuv, millatlararo totuvlik ayyomi sifatida ham qadrli, — deydi viloyat tatar-boshqird milliy madaniy markazi faoli Xalida Sabitova. — Koʻrib turganingizdek, ayyomni nishonlangani barcha millat va elat vakillari jamlanishgan. Biz ham oʻz badiiy dasturimiz bilan ishtirok etyapmiz. Oʻratma, balish, chak-chak, uchkuchmak kabi milliy taomlarimizdan ulashamiz.
Koʻngilochar milliy oʻyinlar, folklor sanʼatining sara namunalari, laparlar xalq sayli tarzida tashkil etilgan bayram fayziga fayz qoʻshdi. Badiiy havaskorlik dastalarining chiqishlari, taniqli sanʼatkorlarning bahor, tinchlik, baxtli hayot tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring