Buxoroda kataraktaga chalingan 200 nafardan ortiq bemorda bepul jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi
Maʼlumotlarga koʻra, bugun dunyoda 2 milliarddan ortiq kishining koʻrish qobiliyati pasaygan va shu dard bilan bogʻliq nogironligi mavjud. Biroq ularning 1 milliardga yaqinini jarrohlik yoʻli bilan davolash imkoni mavjud.
Xususan, katarakta kasalligini zamonaviy tibbiyot noyob operatsiyalar orqali choksiz va kesmalarsiz, mikroinvaziv usullarda samarali bartaraf etmoqda. Bunda xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan koʻrgazmali operatsiyalar va mahorat darslarining oʻrni katta.
Shu maqsadda Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Xitoy Xalq Respublikasining yurtimizdagi elchixonasi koʻmagida Buxoro viloyatida “Nurli yoʻl” aksiyasi tashkil etildi.
Unda aholi xitoylik bir guruh malakali oftalmologlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Yakunda kataraktaga chalingan 200 nardan ortiq bemorda yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshirildi.
— Aksiyadan koʻzlangan asosiy maqsad nafaqat bemorlarda noyob operatsiyalar bajarish, balki hududlardagi yosh oftalmologlar ishtirokida mahorat darslari oʻtkazish va ularning zamonaviy xirurgiyadagi amaliy koʻnikmalarini oshirishdan iborat, — deydi markaz direktori Azamat Yusupov. — Qolaversa, bunday tadbirlar yurtimizda tibbiy turizmni rivojlantirish va xorij davlatlari bilan tibbiyot yoʻnalishida oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Taʼkidlash kerak, aksiya doirasida olis hududlarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 500 nafardan ziyod bemorda bepul yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
“Nurli yoʻl” aksiyasi shifokorlari Buxoroda oʻz ishini yakunlab, Samarqand viloyatiga yoʻl oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring