Buxoroda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga tushdi
Buxoroda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, muqaddam sudlangan fuqaro S.S. fuqarolarning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 230 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib berishi evaziga fuqaro M.O.dan 400 AQSH dollari va 6 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring