Buxoroda 59 ming nafardan ziyod xotin-qizlarning muammolarini hal etishga koʻmaklashildi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalasi ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Buxoro viloyatida bu borada manzilli dasturlar asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, 2024-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 59 ming 508 nafar xotin-qizlarning 99,4 foiziga muammolarini hal etish bilan bogʻliq yordamlar koʻrsatildi. 44,8 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ aynan shu maqsad sari yoʻnaltirildi.
Viloyat hokimi B. Zaripovning Buxoro shahridagi kasbiy koʻnikmalar markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida ana shu raqamlar tilga olindi.
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida atroflicha soʻz yuritilgan tadbirda viloyat hokimi samimiy muloqotga kirishib, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda hali oʻz yechimini kutib turgan masalalar ham koʻpligini taʼkidladi. Bunda jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik juda foydali boʻlur edi. Negaki, matbuot barcha zamonlarda jamiyatning koʻzgusi vazifasini oʻtab kelgan va shunday boʻlib qoladi.
Anjumanda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga viloyat hokimi hamda u yoki bu sohaga masʼul mutasaddilardan javob oldi. Viloyatda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, korrupsiya holatlariga barham berish, tarixiy obidalarni taʼmirlash kabi qator masalalar yuzasidan foydali takliflar oʻrtaga tashlandi.
Matbuot anjumanidan soʻng viloyat hokimi aholi vakillari va tadbirkorlar uchun sayyor qabul ham oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring