Buxoro viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari oʻrganildi

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev xizmat safari bilan Buxoro viloyatida boʻlib, Kogon tumanidagi “Nurteks” MCHJ hamda “Liya Tekstile” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish quvvatini oshirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni samarali hal etish yoʻllari yuzasidan ham fikr almashildi.
Senator hududda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining amaliyotdagi natijalarini oʻrgandi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida Senatning 10-yalpi majlisida muhokama etilgan qonunlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish, mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va yangi ish oʻrinlarini yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring