Buxoro viloyatida “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi oʻrganilmoqda

10:37 20 Noyabr 2025 Siyosat
170 0

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi O.Kozixonova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

Taʼkidlanganidek, viloyatda 829 ta obyekt moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ularning 496 tasi respublika ahamiyatidagi va 333 tasi mahalliy ahamiyatdagi obyektlardir.

Ishchi guruh tomonidan ushbu madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish holati tahlil qilindi. Dastlabki oʻrganishlar Buxoro shahrida, Vobkent, Romitan, va Gʻijduvon tumanlarida olib borildi.

Oʻrganishlar davomida “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini taʼminlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi hamda masʼul tashkilotlar tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilishga qaratilgan ishlar monitoring qilindi.

Bundan tashqari, arxeologiya madaniy meros obyektlarini saqlash, muhofaza qilish va kelgusi avlodga yetkazish uchun obyektlarda restavratsiya va konservatsiya ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni panjara bilan oʻrash lozimligiga eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻrganish natijalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida Senat qoʻmitasi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?