Buxoro viloyatining ilk hokimi Damir Yadgarov vafot etdi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Bugun, 4-iyul kuni atoqli davlat va jamoat arbobi Damir Salixovich Yadgarov uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Damir Yodgorov 1937-yil 18-fevralda Shofirkon tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatib, 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Yodgorov mehnat faoliyatini Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti yoshlar qoʻmitasining kotibligi lavozimidan boshlab, uzoq yillar Yoshlar tashkiloti hamda qishloq va suv xoʻjaligi tizimidagi masʼul vazifalarda ishlagan.
U 1992-1994-yillarda Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Gʻoyatda murakkab kechgan shu yillarda Damir Yadgarov hududda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, aholi turmush darajasini yaxshilash, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi tartiblarni joriy etish, hududda xususiy sektorni jadal rivojlantirish borasida jonbozlik koʻrsatgan.
“Qariyb 50-yillik mehnat faoliyati davomida oʻzining ulkan rahbarlik salohiyati, boy bilim va tajribasi, maʼnaviy fazilatlari, Vatanimizga beqiyos muhabbati va sadoqati bilan haqli ravishda xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan ulugʻ inson edi.
Shu bois viloyat ahli hamda jamoatchilik Damir Yadgarovning Buxoro va buxoroliklar uchun qilgan xizmatlarini hamisha minnatdorlik bilan xotirlaydi”, deb marhumni yod etadi hokimlik matbuot xizmati.
Yodgorovning hududni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlanib, u “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring